O‘zbekiston | 08:30 / 21.07.2018
5461
2 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish prezident jamg‘armasi tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Fan va oliy ta'lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish prezident jamg‘armasini uning “Ipoteka bank” ATIBda 100 million AQSh dollari miqdoridagi hisobraqamlarini ochgan holda tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasini kiritadi.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

ijtimoiy-iqtisodiy sohani yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini jadal va keng joriy qilish;

ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni yuqori texnologik tadbirkorlik startap-loyihalarini birgalikda moliyalashtirish orqali amaliy natijalarga erishish uchun yo‘naltirish;

tadqiqotlarni amalga oshirilayotgan startap-loyihalarda ta'sischi sifatida ishtirok etish orqali tijoratlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yo‘naltirish.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, shu jumladan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini baholash va tanlashning aniq mezonlarini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid