Jamiyat | 19:15 / 23.07.2018
21130
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tugatish taklif etildi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini tugatish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bugungi kundagi amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining aksariyati samarali faoliyat olib bormayapti, aksincha boqimanda tarzda ishlashi, qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan majburiyatlarini umuman bajarmasligi, ya'ni umumiy mulkka xizmat ko‘rsatishda, ularning turar joy mulkdorlaridan olgan pul evaziga xizmat ko‘rsatishi, avariyalar sodir bo‘lganda, shirkatning na bir santexnik, na elektrik ustalarini topib bo‘lmasligi turar joy mulkdorlari o‘rtasida haqli e'tirozlarga sabab bo‘lmoqda, deyiladi murojaatda.

Qayd etilishicha, shirkatlarning aksariyatida aniq bir iqtisodiy tahlilga asoslangan daromadlar va xarajatlar smetasi va yil davomida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha yillik ish rejalari umuman talabga javob bermaydi yoki umuman ularning o‘zi ham yo‘q.

“Shu sababdan, ko‘p qavatli uylarni samarali boshqarishni xususiy sektorga, ya'ni turar joy mulkdorlari o‘rtasida tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab beruvchi huquqiy shartnoma asosida berish tartibini joriy etish va bosqichma-bosqich mazkur tartibga o‘tish taklif etiladi”, - deyiladi murojaat matnida.

Mavzuga oid