Jahon | 17:23 / 27.07.2018
5918
2 daqiqa o‘qiladi

Mayonezdan tayyorlangan muzqaymoq internet foydalanuvchilarining noroziligiga sabab bo‘ldi

Foto: Instagram /@ice_falkirk

Internet foydalanuvchilari muzqaymoqning mayonezdan tayyorlangan yangi turiga norozilik bilan fikr bildirishdi. Muzqaymoq fotosurati Shotlandiyadagi Ice Falkirk do‘konining Instagram sahifasida paydo bo‘ldi.

«Mayonezga ruju qo‘yganlarni kim taniydi?» — deb savol bergan muzlatilgan mayonez bilan qoplangan muzqaymoq surati muallifi.

Aksariyat foydalanuvchilar bu suratni ko‘rib dahshatga tushishganini yozishgan. 

«Men nafrat uyg‘otgani uchun bu sahifa ustidan arz qilmoqchiman. Muzqaymoq qadrini mana shu maxluq bilan yerga urishga qanday hadding sig‘di?» — deb yozgan foydalanuvchilar. 

Boshqalar esa do‘kon egasining g‘oyasi ustidan kulgan va ketchup hamda barbekyu souslarini ham muzlatib ko‘rishni taklif qilgan. 

«Mayonezga shakar qo‘shing», — deb maslahat bergan yana kimdir.

Mart oyida xom go‘sht qiymasini kungaboqar moyi va limon bilan aralashtirib yegan ayol foydalanuvchilar noroziliklariga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga oid