Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhtoj oilalarning uy-joylarini ta'mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi “Obod mahalla” jamg‘armalarini tashkil etish, uning mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, Jamg‘arma mablag‘lari respublika byudjyetidan ajratiladigan transfertlar va boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari, jumladan quyidagilar uchun yo‘naltiriladi:
- ichimlik suvi va oqava suvi ta'minotini, issiqlik tarmoqlarini yaxshilash, maishiy chiqindilarni to‘plash va chiqarish infratuzilmasini yaratish;
- mahalla ichki yo‘llarini va piyodalar yo‘laklarini qurish hamda ta'mirlash, tashqi yoritish tizimlarini barpo etish;
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalarga ularning uy-joylarini ta'mirlashda moddiy va moliyaviy yordam ko‘rsatish hamda aholini qurilish materiallari bilan imtiyozli tarzda ta'minlash;
- “Obod mahalla” dasturi doirasida boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025