O‘zbekiston | 18:50 / 27.07.2018
15535
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida sayyohlar uchun biohojatxonalar o‘rnatila boshlandi

 Toshkent viloyatiga tashrif buyurayotgan sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish va ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida viloyat Turizmni rivojlantirish kompleksi tomonidan to‘liq o‘rganish va kamchiliklarni bartaraf etishga doir amaliy ishlar boshlab yuborildi. 

Foto: Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish kompleksi

KUN.UZ muxbirining Kompleks vakillari bergan ma'lumotga asoslanib xabar berishicha, 26 iyul kuni Pskent tumani Novkent MFY hududi 4R-20 “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtoyo‘lining 18-19 km yo‘l bo‘yida viloyatdagi birinchi biohojatxona o‘rnatildi. Biohojatxona Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va RiaBuildingConstructionGroup'ning qo‘shma loyihasi mahsulidir.

Foto: Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish kompleksi

Biohojatxona - sanitariya qoidalari, me'yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keluvchi zamonaviy sanitariya-gigiyena jihozlari (suv ta'minoti, ventilyatsiya tizimi, ichki va tashqi yoritish tizimi, qo‘l yuvish va gigiyenik moslamalar, santexnika jihozlari va boshqalar) bilan to‘liq ta'minlangan. 

Foto: Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish kompleksi

Ushbu biohojatxona o‘rnini belgilashda sayyohlarning to‘xtashi uchun qulay turizm infratuzilmasi mavjud bo‘lgan hudud tanlandi. Biohojatxona atrofida umumiy ovqatlanish shoxobchasi, Ulug‘ vatan urushi qatnashchisi va  xalq maorifi a'lochisi Ungar O‘rmonovning uy muzeyi, ministadion va ziyoratgoh, avtobekat kabi infratulma obektlari bor.

Foto: Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish kompleksi

Ta'kidlash joizki, shu yilning 1 sentabriga qadar Toshkent viloyatining  yana  10 hududiga biohojatxona o‘rnatish bo‘yicha “yo‘l xarita”lari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari hisoblangan M-39 (Olmata-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz), M-34 (Toshkent-Dushanbe), A-373 (M-39 avtoyo‘li - Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh), A-373A (Toshkent-Ohangaron- Angren) hamda davlat ahamiyatidagi avtoyo‘llar — 4R2, 4R20 (Bektemir postidan Tojikiston Respublikasigacha), 4R12 (Bardanko‘l posti - Chorvoq), 4R6 (S.Najimov chegara bojxona posti-Chimyon qishlog‘i) yo‘l bo‘ylari hamda Chorvoq erkin turistik zonasi hududi, Parkent va Ohangaron tumanlarida ham biohojatxonalar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish kompleksi
Foto: Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish kompleksi
Foto: Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish kompleksi

 

Mavzuga oid