Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda advokatlarga sud binosiga telefon olib kirishga ruxsat berildi
Advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirish uchun sud binosiga mobil va boshqa aloqa vositalarini olib kirish huquqiga ega. Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Belgilanishicha, advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat'iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak.
Shu bilan birga, boshqa shaxslar tomonidan sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi.
Sudga tashrif buyuruvchi shaxslar o‘zlari tomonidan olib kelingan sud binosiga olib kirish taqiqlangan buyumlarni sud ma'muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda qoldirib kirishi hamda sud binosidan chiqishida o‘zi bilan olib ketishi lozim.
Mavzuga oid
16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi
12:02 / 24.05.2025
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:53 / 22.05.2025