O‘zbekiston | 21:36 / 01.08.2018
33595
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident maslahatchisiga nufuzli universitetni boshqarish vazifasi yuklandi

Foto: Xalqaro Press-klub

Abdujabbor Abdusattarovich Abduvaxitovga Hukumat qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining rektori vazifasini bajarish yuklandi. Bu haqda hukumatning tegishli qarori imzolandi. 

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlagan Abdujabbor Abduvohidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi etib tayinlangani haqida ma'lumot berilgandi.

Prezidentning «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bir paytning o‘zida vazirlik tizimiga kiruvchi universitet rektori hisoblanadi. 

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Abduvohidov Prezident Davlat maslahatchisi etib tayinlangandan so‘ng, universitet rektori sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. 

Mantiqan ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlash mumkin, chunki u endi Prezident devonida Fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektorga boshchilik qiladi.

Mavzuga oid