Jahon | 21:44 / 03.08.2018
4234
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari Singapurda uchrashuv o‘tkazishdi

KXDR va Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirlari Li Yon Xo va Kan Gyon Xva Singapurda uchrashuv o‘tkazishdi. Ular bu yerga Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASeAN) tadbirlarida ishtirok etish uchun kelishgan, deb xabar berdi Yonhap agentligi diplomatik manbaga tayanib.

"Ular KXDR-Koreya Respublikasi va KXDR-AQSh sammitlaridan keyingi holat bo‘yicha ochiq fikr almashishdi", – dedi manba.

KXDR va Koreya Respublikasi TIV rahbarlari uchrashuvi Singapurdagi forum qatnashchilari uchun tashkil etilgan tantanali kechki ziyofat vaqtida bo‘lgan. Koreya tashqi ishlar vazirligi vakili KXDR TIV rahbari ASeAN forumi doirasida Janubiy koreyalik hamkasbi bilan rasmiy ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rad etgan. Pxenyan vakili hozir bunday muzokaralar o‘tkazish vaqti emasligini bildirgan.

Avvalroq Singapurdagi forumda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan suhbatlashgandi. 

Li Yon Xo Singapurdagi forumda Pxenyanga nisbatan xalqaro sanksiyalarni yumshatish chaqirig‘i bilan chiqqan. U KXDR yadro quroli va ballistik raketalar sinovini to‘xtatganligini sanksiyalarni bekor qilish uchun sabab qilib ko‘rsatgan.

Mavzuga oid