Janubiy Osetiya prezidenti: «Agar birlashmasak, ruslar va ukrainlarning holiga tushamiz»
Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilovning ma'lum qilishicha, agar osetin xalqi birlashmasa, «u ruslar va ukrainlarning holiga tushadi». Bu haqda u RIA «Novosti»’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Agar biz shunday qilmasak, juda qo‘rqamanki, ruslar va ukrainlar bilan bog‘liq vaziyatga o‘xshash holat yuz beradi. Ha, ularning barchasi slavyanlar, bir xalq, lekin nimalar sodir bo‘layotganini ko‘ryapmiz», - deya ma'lum qildi Bibilov.
Uning tashvish bildirishicha, osetin xalqining shimoliy va janubiy qismi uzoq muddatli istiqbolda bir-biridan uzoqlashib ketishi mumkin.
«Men 100-150 yildan so‘ng «shimoliy osetinlar - ular umuman osetinlar emas», yoki ular «ha, janubiy osetinlarmi - ular osetin emas», degan gaplar aytilishi mumkin ekanidan juda qo‘rqaman. Ertaga Osetiyaning qaysi qismi yuqori yoki past ekanligi haqida gaplar chiqishi mumkinligini ham juda qo‘rqinchli», - deya aytib o‘tdi u.
Bibilovning so‘zlariga ko‘ra, agarda bu birlashuv bo‘lmasa, unda osetinlar «boshqa bo‘lingan xalqlarning» xoliga tushadi.
Mavzuga oid
14:00 / 16.11.2024
Gurjistonsiz 30 yil: Abxaziya va Janubiy Osetiya qanday yashamoqda?
16:50 / 30.10.2023
Tan olingan va olinmagan davlatlar: ular nimasi bilan farqlanadi?
11:19 / 08.08.2023
Gurjiston urushiga 15 yil: hukumat tinchlik va’da qilmoqda, lekin o‘zi ham urush bilan qo‘rqitmoqda
08:43 / 31.05.2022