Jahon | 14:33 / 09.08.2018
30441
2 daqiqa o‘qiladi

Tarkibida o‘zbekistonliklar ham bo‘lgan GTA to‘dasining 4 a'zosiga hukm chiqarildi

Foto: RIA Novosti

Moskva oblasti sudi «GTA to‘dasining» to‘rt nafar a'zosini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi, beshinchisi esa yigirma yillik qattiq tartibdagi koloniyaga mahkum etildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Avvalroq, Rossiyada davlat ayblovi GTA to‘dasi ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga 25 yildan umrbod ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazoni so‘ragandi.

Moskva oblastida 2012-2014 yillarda harakat qilgan jinoiy guruhga OAV GTA to‘dasi nomini berdi. Bu mashhur kompyuter o‘yiniga o‘xshashdir. To‘daga Markaziy Osiyo davlatlaridan kamida 15 shaxs kirgan (Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston).

Prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, guruh Moskva mintaqasi hududida 15ta qurollangan hujum uyushtirgan bo‘lib, bu 17 kishining qotilligiga aloqadordir hamda yana ikki shaxs hayotiga suiqasd qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «GTA to‘dasi»ning ikki a'zosi Tojikistonda sud qilinishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid