Jahon | 10:42 / 10.08.2018
72798
2 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya qamoqxonasida Rahmat Oqilovga hujum yuz berdi

Foto: TT

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan, Stokgolmdagi terakt bo‘yicha ish yuzasidan umrbod ozodlikdan mahrum etilgan Rahmat Oqilov qamoqxonada mahbuslardan birining hujumiga uchradi. Bu haqda Shvetsiyaning SVT telekanali xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, hodisa o‘tgan haftaning payshanba kuni Kumla qattiq tartibli koloniyasida yuz bergan, Oqilov bu yerga qamoqxona bo‘linmalarining biridan olib kelingan.

Hujum noqonuniy ravishda qurol saqlash va uning aylanmasi uchun to‘rt yilga ozodlikdan mahrum etilgan 24 yoshli mahbus tomonidan sodir etildi. U Oqilovning kamerasiga kirib, eshikni yopib qo‘ygan. Shundan so‘ng, kameradan, hisobotga ko‘ra, qichqiriq va zarba tovushlari eshitilgan. Soqchilarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, keyin kamerada hujum qilgan shaxs Oqilovga zarbalar berayotgani, u yerda yotganini ko‘rishgan. Ushbu hodisani tasvirlab bergan telekanalning ta'kidlashicha, kamerada aynan nima yuz bergani va Oqilov jarohat olganiga doir ma'lumotga ega emaslar. Hodisa yuzasidan tergov boshlandi. Hujum qilgan shaxs izolyatsiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rahmat Oqilov umrbod qamoq jazosini Shvetsiyadagi eng qattiq tartibli qamoqxonada o‘tashi xabar berilgandi.

Mavzuga oid