Rasman: Kirish imtihonlarida minimal ball to‘plaganlar ham talabaga aylanishi mumkin
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 2018/2019 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining qarori to‘g‘risida yangi ma'lumot berdi.
2018 yil 16 avgustda O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 6-son bayoni qabul qilingan.
Bayonda quyidagilar bo‘yicha majlis qarori qabul qilingan.
Birinchidan, respublika oliy ta'lim muassasalariga davlat grantining minimal o‘tish bali 68,0 ball (eng yuqori o‘tish bali 189,0 ballning 36%), to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56,7 ball (eng yuqori o‘tish bali 189,0 ballning 30%) etib belgilangan.
Bunda, oliy ta'lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56,7 ball ekanligini inobatga olib, Davlat test markazi 2 kun muddatda test sinovlari natijalari qaydnomalarini qaytadan ko‘rib chiqib, qabul kvotasi to‘lmagan ta'lim yo‘nalishlarining qabul chegarasini tushiradi hamda o‘rnatilgan tartibda qaydnomalarni chop etib, oliy ta'lim muassasalariga yetkazadi.
Uchinchidan, oshirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha:
56,7 balldan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori etib;
56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar uchun O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari etib belgilandi.
Bundan tashqari, test sinovlari natijasi bo‘yicha yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga oshirilgan to‘lov-kontraktning miqdori (barobari) kam bo‘lgan ta'lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topshirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining o‘rni) mosligi hamda uning doimiy yashash joyi va hujjat topshirgan oliy ta'lim muassasasi joylashgan hudud mezon sifatida belgilandi.
Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida abituriyentlarni o‘qishga qabul qilishda oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-pedagogik hamda moddiy-texnik imkoniyatlari inobatga olinadi.
Shu tariqa, qabul kvotasida joy bo‘lsa ham qabul qilinmagan va 56,7 dan 68 gacha ball to‘plaganlar to‘lov-kontrakt asosida, 68 dan 75 gacha ball to‘plaganlar esa byudjyet asosida talaba bo‘ladi. 56,7 balldan kam ball to‘plaganlar esa oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining (super-kontrakt) 2 barobarini to‘lab, talabaga aylanishi mumkin.
Bundan avvalroq super-kontrakt narxlari e'lon qilingandi.
Unga ko‘ra, eng arzon super-kontrakt narxi 82 million 935 ming so‘m, (uning ikki barobari 165 mln 870 ming so‘m) bo‘lsa, eng qimmati 276 million 450 ming so‘m (uning ikki barobari 552 mln 900 ming so‘m) etib belgilanadi.
Mavzuga oid
14:13 / 29.08.2024
Super-kontrakt narxlari tasdiqlandi
13:15 / 26.09.2023
Kollej, texnikumlarga OTM kirish imtihonlarida to‘plagan ball bilan qabul qilinish mumkin. Muammo nimada?
21:51 / 07.09.2023
Talabalar uchun to‘lov-shartnoma (super-kontrakt uchun ham) berish boshlandi
12:58 / 05.09.2023