O‘zbekiston | 13:20 / 17.08.2018
21406
1 daqiqa o‘qiladi

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani qayerdan olish mumkin?

Foto: Dreamstime

Qonunchilikka muvofiq bola tug‘ilganda bir martalik nafaqa beriladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Uning miqdori hozirgi kunda 368 600 so‘mni tashkil etadi.

Mazkur nafaqa:

ishlayotgan yoki o‘qiyotgan ayollarga ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi;

bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda, nafaqa bolaning ishlaydigan yoki o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi;

ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda nafaqa ijtimoiy ta'minot bo‘limlari tomonidan to‘lanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid