Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning ikki yirik aviakompaniyasi Tehron bilan aviaaloqani to‘xtatmoqda
Fransiyaning Air France aviakompaniyasi 18 sentabrdan Eron poytaxti Tehron bilan aviaaloqani to‘xtatadi. Bu haqda kompaniya vakili ma'lum qilgan.
“Biz iqtisodiy sabablar tufayli Tehron bilan parvozlarni amalga oshirishni to‘xtatamiz”, deb aytgan manba.
Shuningdek, Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi ham 23 sentabrdan Tehronga parvozlarni to‘xtatadi.
Kompaniya vakilining aytishicha, Londondan Eronga oxirgi reys 22 sentabrda, Tehrondan Londonga esa 23 sentabrda amalga oshiriladi.
“Biz Londondan Tehronga reyslarimizni ayni vaqtda faoliyatimiz iqtisodiy tomondan nafsizligi uchun to‘xtatmoqdamiz”, deb aytilgan kompaniya bayonotida.
Kompaniya ushbu yo‘nalish bo‘yicha oldindan joylarni bronlab qo‘ygan mijozlariga parvozlarni ta'minlash maqsadida boshqa aviatashuvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Kompaniyada ta'kidlanishicha, muqobil variant sifatida mijozlarga pullari to‘liq qaytarilishi yoki parvozlarini ko‘chirish imkoniyati taklif etiladi.
Mavzuga oid
21:33 / 02.02.2025
Tehron maktablarida havoning yuqori darajada ifloslanishi tufayli darslar bekor qilindi
15:31 / 18.01.2025
Tehrondagi Oliy sud binosi oldida otishma yuz berdi. Ikki sudya o‘ldirildi
09:26 / 06.11.2024
Tehron: GFR fuqaroligiga ega eronlik o‘lim jazosidan oldin vafot etdi
10:50 / 23.10.2024