Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston tog‘larida 33 alpinist 2 haftadan beri yordam kutmoqda
Tojikiston tog‘larida Rossiya, MDH, Yevropa davlatlari va AQShdan 33 alpinist 2 haftadan ko‘proq vaqtdan beri evakuatsiya qilinishlari uchun turoperatordan vertolyot yuborilishini kutishmoqda. Bu haqda turistik guruh vakili Vadim Pipich ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
Pipichning aytishicha, muammolar 12 avgustda tog‘larda 5 kishining halokati bilan yakunlangan avariyadan keyin boshlangan. Shu kuni turoperator alpinistlarni evakuatsiya qilishga vertolyot jo‘natgan. Alpinistlardan bir qismi evakuatsiya qilingan, biroq Mi-8 vertolyotining avariyaviy qo‘nishi oqibatida ulardan 3 nafari va 2 ekipaj a'zosi halok bo‘lgan. Hammasi bo‘lib vertolyotda 15 alpinist bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, voqeaga murakkab ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgan.
Pipichning ta'kidlashicha, Pamir Peaks turoperatori odamlarni 25 avgustda evakuatsiya qilishga va'da bergan. Biroq bunday va'dalar avval ham bir necha marta berilgan, biroq vertolyot 2 haftadan beri jo‘natilmayapti. Pipichning ma'lum qilishicha, Pomir tog‘ tizmasida 4 ming metr balandlikdagi lagerda 30 ga yaqin odam qolmoqda. Ta'kidlanishicha, ko‘pchilik alpinistlar angina, ichburug‘, qo‘l-oyoqlarining sovuq yeyishidan aziyat chekishmoqda, ularning oziq-ovqatlari tugagan.
Ma'lum qilinishicha, turistik guruh a'zolarining har biri turoperatorga safar uchun 2,5 ming dollardan to‘lagan. Bu pul ichiga ularni transportirovka qilish ham kirgan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024