Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Do‘smatov final yo‘llanmasini hal qildi
O‘zbekiston boks jamoasining to‘rtinchi vakili Osiyo o‘yinlarining finaliga yo‘l oldi.
Rio Olimpiadasi chempioni, -49 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov yarim finalda xitoylik Vu Jonglinga qarshi jang qildi.
3 raund davom etgan jang natijasiga ko‘ra hakamla Hasanboy Do‘smatovning 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 29:28) hisobidagi g‘alabasini e'lon qilishdi.




Endi unga finalda hindistonlik bokschi Amit raqiblik qiladi. U yarim final jangida filippinlik Karlo Paalamni mag‘lubiyatga uchratdi.
Bungacha -52 vazn toifasidagi Jasurbek Latipov, -60 kg vazn toifasida ringga chiqqan Shunqor Abdurasulov hamda -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025