Shunqor Abdurasulov finalda yutqazdi. Boksda ikkinchi kumush medal
Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha final bahslari davom etmoqda.
Turnirda -60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shunqor Abdurasulov finalda mo‘g‘ulistonlik Tsendbaatar Yerdenebat qarshi jang qildi.
O‘zbekistonlik bokschi bu jangda hakamlar qaroriga ko‘ra 2:3 (28:28!, 27:29, 29:27, 28:28!, 29:27) hisobida yutqazdi va kumush medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Bu kumush medal O‘zbekiston boks jamoasining ikkinchi, umumiy jamoaning 23-kumush medali bo‘ldi.
Hozircha boks musobaqasida o‘zbekistonliklar 2ta oltin va 2ta kumush medalga sazovor bo‘lib turishibdi.
Oldinda yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024