Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida qiymati 72 mln so‘mlik somon o‘ramlarini yoqib yuborishdi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi F.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 24 avgust kuni noma'lum shaxs, uning uyi orqa tomonida turgan, umumiy qiymati 72 mln so‘mlik 6000 dona somon o‘ramlarini yoqib yuborib, voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Ubayt” mahallasida yashovchilar A.A. va M.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
14:50 / 13.05.2025