Sport | 17:43 / 11.09.2018
26189
1 daqiqa o‘qiladi

Marselo jarimaga tortildi va qamoq jazosiga mahkum qilindi

Foto: Getty Images

«Real» himoyachisi Marselo Ispaniya soliq qonunchiligini buzganlikda aybdor deb topildi. 

El Mundo xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi tergov bilan kelishuvga erishib, o‘z aybiga iqror bo‘ldi va 753 ming yevro jarima to‘ladi. Bundan tashqari 4 oylik qamoq jazosini oldi.

Ispaniyada iqtisodiy qonunbuzarliklar bo‘yicha olingan 2 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi shartli hisoblanadi va bunda jinoyatchi qamoqqa olinmaydi.

Avvalroq, Primeraning bir qancha futbolchilari, jumladan Marseloning sobiq jamoasi Krishtianu Ronaldu ham tergov bilan kelishuvga erishib, katta miqdordagi jarimani to‘lagan edilar.

Mavzuga oid