Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
Qatar amiridan Erdo‘g‘anga sovg‘a: dunyodagi eng qimmat xususiy samolyot
Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a qildi. Hurriyet nashrida shu haqida xabar qilindi.
Ma'lum bo‘lishicha, bu - dunyodagi eng qimmatbaho xususiy samolyot. Uning narxi - 367 million yevro atrofida.
Samolyotda turli maqsadlardagi bir necha xona mavjud, unda hatto xususiy shifoxona ham bor.
Havo kemasi sig‘imi 94 kishi - 76 nafar yo‘lovchi va 18 ekipaj a'zosiga mo‘ljallangan.
Qatar amiri tomonidan Erdo‘g‘anga sovg‘a qilingan samolyot Panasonic ko‘ngilochar mashg‘ulotlar markazi, videokameralar va xavfsizlik tizimi bilan jihozlangan.
Bunga qadar Boeing 747-8 faqat amirning oilasi va yuqori darajali amaldorlarga xizmat ko‘rsatgan.

        Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025