Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak o‘g‘illari ozodlikka chiqarildi

Foto: AP / Khaled DeSouki
Qohira jinoyat sudi 100 ming Misr funti (5,5 ming dollar) miqdoridagi garov puli evaziga Misrning sobiq prezidenti Husni Muborakning o‘g‘illari va birjadagi firibgarliklarda ayblanayotgan yana 7 ayblanuvchini ozodlikka chiqarishga qaror qildi. Bu haqda Youm7 portali ma'lum qildi.
Muborakning o‘g‘illari Jamol va A'lo hamda ularning sobiq hamkorlari joriy haftada hibsga olingandi.
Ko‘plab sud ishlari bo‘yicha oqlangan Muborakning o‘g‘illari 2015 yil boshidan beri ozodlikda bo‘lgan, biroq ularga qarshi birjadagi firibgarliklar bo‘yicha ish yopilmagan. Sudning ushbu ish bo‘yicha keyingi yig‘ilishi 20 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Prokuratura A'lo va Jamol Muborak hamda 7 nafar tadbirkorni Husni Muborak hokimiyati davrida Qohira birjasida firibgarliklar yordamida noqonuniy boyiganlikda ayblamoqda. Gap, jumladan “Al-Bank Al-Vatani” banki aksiyalarini sotish haqida bormoqda. Prokuraturaning fikricha, ayblanuvchilar bank aksiyalarini mayda aksiyadorlardan xorijiy ofshorlarda qayd qilingan soxta kompaniyalar orqali sotib olishgan. Ta'kidlanishicha, ular aksiyalarning so‘nggi egalari haqidagi ma'lumotni oshkor qilishmagan, bu esa Misr qimmatbaho qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish qoidalarining buzilishi hisoblanadi.
Muborakning o‘g‘illari ularga qo‘yilayotgan ushbu ayblovlarni rad etishmoqda.
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025
Misrda 3600 yil avval hukmronlik qilgan sirli fir’avnning qabri topildi

00:41 / 14.03.2025