Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda tezyurar "samoviy poyezd" yo‘lga qo‘yiladi
Isroilning Netaniya shahrida "samoviy poyezd" (Skytrain) deb nomlangan magnitoplan quriladi, u havo transportiga raqobatchi bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi mynet internet-nashri.
Magnitoplan ikki-to‘rt kishiga mo‘ljallangan kapsula shaklidagi "marshrut taksi" bo‘lib, yerdan 25 metr balandlikda harakatlanadi. Yo‘lovchilar bekatlarga liftlar yordamida ko‘tariladi.
"U atrof-muhitni ifloslantirmaydigan magnit dvigatel yordamida harakatlanadi. Skytrain yo‘nalishlari yerdagi transport yo‘llari ustida barpo etiladi va keyinchalik shaharning istalgan nuqtasiga borish mumkin bo‘ladi", — dedi shahar meri vazifasini bajaruvchi Eli Dalyala.
Uzunligi 650 metr bo‘lgan dastlabki sinov yo‘li shahardagi tumanlardan birini temir yo‘l vokzali bilan bog‘laydi. Magnitoplan elektromagnit maydon kuchi bilan tutib turiladi. U harakatlanish vaqtida relsga tegmaydi va tezligi soatiga 300 kilometrdan oshishi mumkin.
Meriyaning hisob-kitobiga ko‘ra, dastlabki harakatlanish uchastkasi qurilishi uchun 6 million dollar atrofida mablag‘ sarflanadi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025