O‘zbekiston | 11:11 / 25.09.2018
6869
1 daqiqa o‘qiladi

Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi raisi tayinlandi

Foto: Scientific Route

Ravshan Shavkatovich Izomov hukumat qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasining raisi etib tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tashkil etilgan edi.

Xalqaro standartlarga mos sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yaratishga, shu jumladan, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash Milliy palataning asosiy vazifaci hisoblanadi.

Mavzuga oid