Jahon | 10:08 / 02.10.2018
9196
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft asoschilaridan biri og‘ir kasallikka uchragani ma'lum bo‘ldi

Foto: zunited.net

Microsoft korporatsiyasining asoschilaridan biri Pol Allenning ma'lum qilishicha, nexojkin limfoma (NXL) kasalligidan davolanmoqda. Bu haqda Reuters amerikalik ishbilarmonning bayonotiga asosan xabar berdi.

Shuningdek, bayonotda aytilishicha, u 2009 yilda ham NXLdan davolangan va o‘shanda bu jarayon muvaffaqiyatli yakun topgan.

1975 yilda Bill Geyts va Allen Albukerke shaharchasida Micro-soft kompaniyasiga asos solishgan. 1976 yilda Nyu-Mexiko shtatining okrug kotibiyatida yangi savdo belgisi ro‘yxatga olingan - Microsoft.

Forbes jurnalining 2015 yilgi ma'lumotlariga ko‘ra, Allen dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida 51-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 17,5 milliard dollarga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bill Geyts 171 mln dollarni yer maydonlariga sarflagani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid