Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada sun'iy o‘rgimchak to‘ridan samolyotlar ishlab chiqarilishi mumkin
Fransiya aviasozlik kompaniyasi va sintetik biopolimerlar ishlab chiqaruvchi nemis kompaniyasi sun'iy o‘rgimchak to‘ri negizidayangi material ishlab chiqadi. Bu material samolyotlarni yengilroq qiladi, deb xabar beradi “Yevro Puls”.
Sun'iy o‘rgimchak to‘ri oson egiladi va bunda o‘z pishiqligini yo‘qotmaydi, uni samolyot qanotlarini mustahkamlash va korpusini himoyalashda qo‘llash mumkin. Yangi material samolyotni yengilroq qiladi va demak, yonilg‘i sarfini kamaytiradi.
Yangi materialning birinchi namunaviy partiyasi bilan tajribalar 2019 yilda boshlanadi.
Material negizida sun'iy o‘rgimchak to‘ri yotadi. Sun'iy to‘r kosmetika va tibbiyotda (misol uchun, jarrohlik ipi sifatida) qo‘llanmoqda, yaqinda undan o‘ta yengil krossovkalar tayyorlangan.
Olimlar o‘rgimchaklar DNKsini rasshifrovka qilib, undan o‘rgimchak to‘ri hosil qilishga javobgar genlarni ajratib olishgach, sun'iy o‘rgimchak to‘rini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishgan. Bu genlar bakteriyalar DNKsiga “o‘tqazilgan” va endi bu mikroorganizmlar strukturaviy jihatdan o‘rgimchak to‘riga o‘xshash oqsillar ishlab chiqaradi. Bu oqsillar – keyinchalik gel, tola yoki plyonkaga aylantirilishi mumkin bo‘lgan kukundir.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025