Qirg‘iziston sobiq prezidentlarining daxlsizligi haqidagi qonun konstitutsiyaga zid deb topildi
Mamlakat sobiq prezidenti daxlsizligi bo‘yicha «Prezident faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunning qismi Qirg‘iziston Respublikasi Oliy sudi Konstitutsiyaviy palatasi tomonidan konstitutsiyaga zid deya e'tirof etildi.
Palata «Qirg‘iziston Respublikasi Prezidentining faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 12-moddasi konstitutsiyaviyligini tekshirish bo‘yicha ishni ko‘rib chiqdi va bu e'tirozli norma Qirg‘iziston Konstitutsiyasining 16-moddasi 3-qismiga zid ekani haqida qaror chiqardi. Qayd etilishicha, ushbu normada sobiq prezidentni Qirg‘iziston Respublikasi prezidentining vakolatlarini bajarish chog‘ida sodir etilgan harakatlar uchun javobgarlikka tortish tartibini nazarda tutilmaydi.
«Konstitutsiyaviy palata e'tirozli norma Qirg‘iziston Konstitutsiyasining 16-moddasi uchinchi qismiga zid ekani haqida qaror chiqardi, unda bu norma sobiq prezidentni prezidentlik vakolatlarini bajarish davrida sodir etgan xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortish tartibini nazarda tutmaydi», - deyila palata qarorida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda sobiq prezident Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum etish taklif qilinayotgani xabar berilgandi.
Qirg‘izistonlik parlamentariylarning so‘zlariga ko‘ra, sobiq davlat rahbari mamlakat uchun ko‘p zararga sabab bo‘lgan bitimni tuzishda aybdordir.
Mavzuga oid
17:30
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024