Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston transport-logistika infratuzilmasiga 30 milliard dollar sarfladi
Qozog‘iston oxirgi 10 yil ichida transport-logistika infratuzilmasiga 30 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflagan. Bu haqda “Kazaxstan temir joli” milliy temir yo‘l kompaniyasi boshqaruv raisi Kanat Alpisbayev ma'lum qildi.
“Qozog‘iston iqtisodiyotining barqaror rivojlanishining infratuzilmaviy asoslarini ta'minlashda transport-logistika majmuasiga muhim rol ajratiladi. Oxirgi 10 yil ichida Qozog‘iston transport-logistika infratuzilmasiga 30 mlrd dollar ajratgan. 2020 yilgacha yana 8,4 mlrd dollar sarmoya qilish rejalashtirilgan, bu esa Ipak yo‘li savdo oqimlariga yangi impuls beradi”, deb ma'lum qilgan Alpisbayev.
U, shuningdek, “Xorgos” erkin iqtisodiy zonasining transport-logistika imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi. Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyodan MDH, Yevropa, Fors ko‘rfaziga muhim yo‘nalishlar kesishmasida joylashgan ushbu EIZ Qozog‘istonning jahon transport va savdo tizimida yanada integratsiyalashuvini ta'minlaydi.
Alpisbayevning ta'kidlashicha, “Xorgos-Sharqiy darvozalar” EIZ temir yo‘l liniyalari, “G‘arbiy Yevropa-G‘arbiy Xitoy” avtomobil yo‘laklari va Oqtau porti bilan texnologik bog‘liqlikda yangi Ipak yo‘lida yuk oqimlarini konsolidatsiyalash va distributsiyalashning muhim markaziga aylanmoqda.
Ayni vaqtda sarmoyachilar EIZ hududida 1,7 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirishmoqda.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
20:42 / 20.05.2025