Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulan-udelik ayol yong‘in vaqtida 12 kishining hayotini saqlab qoldi
Foto: Fotolia / Anton Gvozdikov
Buryatiya sog‘liqni saqlash vazirligi xodimasi Svetlana Pejyemskaya Ulanu-Udedagi yong‘in vaqtida 12 kishining hayotini saqlab qoldi.
Yong‘in shahar markazidagi uyda chiqqan. 26 yoshli ayol tutun hidini sezib, o‘z yaqinlarini ko‘chaga olib chiqqan. So‘ngra boshqa odamlarga binodan chiqishda ko‘mak bergan.
Ta'kidlanishicha, ayol 7, 8 va 10 yoshli jiyanlarini, xolasini ko‘chaga olib chiqqan. So‘ngra qo‘shni kvartiralardagi oynalarni sindirib, qo‘shnilarini uyg‘otgan va yana 8 kishini ko‘chaga olib chiqqan.
Maxsus xizmatlar yetib kelguncha uyning tomi butkul yonib bo‘lgan. Yong‘in vaqtida bir kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025