Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda haydovchi YHXB xodimini jarohatladi
Shu yil 12 oktabr kuni Surxondaryo viloyatining Angor tumanida viloyat YHXB xodimi safdor B.P. Yangi turmush mahallasida xizmat olib borgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, u shu yerda harakatlanib kelayotgan, Muzrabot tumanida yashovchi S.M. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini to‘xtatib, undan avtomashina hujjatlarini taqdim etishini so‘raganida, haydovchi S.M. xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay avtomashinani harakatlantirib safdor B.P.ni turtib yuborgan.
Natijada safdor B.P. jarohat olib, unga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. S.M. qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025