Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elnur Abduraimov shu haftada professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni hisoblangan Elnur Abduraimov 19 oktabr kuni tongda AQShda professional boksdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ikkinchi jangda unga amerikalik Xose Salinas raqiblik qiladi.
Ma'lumot uchun, shu yilning bahorida professional boksga o‘tgan Elnur Abduraimov 30 sentabr kuni prof ringdagi debyutini o‘tkazgan va ilk jangda amerikalik Aron Xollinsni nokautga uchratgandi.
Navbatdagi raqib, 20 yoshli Salinas esa professional boksda 6 marta ringga chiqib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uchta jangda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lub etgan.
Ushbu jangga AQShning Kaliforniya shtati Indio shahridagi «Fantasy Springs Casino» arenasi mezbonlik qiladi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025