Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Indoneziya xalqiga ta'ziya bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning “Lion Air” kompaniyasiga tegishli samolyotning qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur ta'ziya bildirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lion Air aviakompaniyasining Boeing 737 yo‘lovchi samolyoti Jakarta aeroportidan parvoz qilgach halokatga uchradi. Samolyot parvozga chiqqanidan keyin taxminan o‘n daqiqa o‘tib radarlardan yo‘qolib qolgan.
Flightradar samolyotlar parvozlarini kuzatish bilan shug‘ullanuvchi resurs ma'lumotlariga ko‘ra, layner Yava orolining g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida dengizga qulagan. Indoneziyada halokatga uchragan samolyot bortida 188 kishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025