O‘zbekiston | 16:54 / 05.11.2018
63026
2 daqiqa o‘qiladi

Xavfsizlik kengashi kotibi​ga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 noyabrdagi farmoni bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Holmuhamedov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Farmonda ta'kidlanishicha, polkovnik Shuhrat Holmuhamedov o‘rniga Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuhrat Holmuhamedov
Oybek Ismoilov

Ayni paytda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi​ lavozimida ishlab kelayotgan Viktor Mahmudov o‘tgan oyda qozog‘istonlik hamkasbi Gabit Bayjanov​ bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Mahmudov va Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Stanislav Zas xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishgan.​

Mavzuga oid