Jahon | 23:19 / 05.11.2018
18551
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan samolyotning tezlik datchigi nosoz bo‘lgan

Indoneziyada halokatga uchragan Lion Air aviakompaniyasining “Boing-737” samolyotida tezlik datchigi nosoz bo‘lgan. Bu haqda Indoneziya transport idoralari ma'lum qildi.

Datchik o‘sha mash'um parvozda ham, avvalgi bir nechtasida ham ishlamagan.

Ma'lum qilinishicha, datchik nosoz bo‘lgani bort qayd qilgichi o‘qilganda aniqlangan. Bu nosozlik samolyotning kamida avvalgi 2-3 reysida  aniqlangan.

Shu bilan birga samolyot qulashi bo‘yicha hozircha rasmiy xulosalar yo‘q.

Samolyot 29 oktabrda Yava oroli yaqinida quladi. Samolyot bortida 189 kishi bo‘lgan. Aloqa yo‘qolishidan biroz oldin uchuvchi aeroportga qaytishni so‘ragan va bunga rozilik olgan. Samolyot bilan aloqa u Jakarta aeroportidan havoga ko‘tarilgandan 13 daqiqa o‘tib yo‘qolgan. Shundan keyin samolyot dengizga tushib, cho‘kib ketgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid