Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp demokratlarga qarshi surishtiruv boshlash bilan tahdid qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp agarda demokratlar vakillar palatasida respublikachilarga qarshi surishtiruv boshlaydigan bo‘lsa, maxfiy ma'lumotlar sizib chiqqani uchun kongress senatida demokratlarga qarshi surishtiruv ishlarini boshlash bilan tahdid qildi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Agarda demokratlar soliq to‘lovchilarning pullarini vakillar palatasida bizga qarshi surishtiruv olib borish uchun sarflash haqida o‘ylaydigan bo‘lishsa, biz ham o‘z navbatida maxfiy axborotlar sizib chiqqani uchun senatda ularga nisbatan surishtiruv boshlash imkoniyatini ko‘rib chiqishga majbur bo‘lamiz. Ko‘ramiz, kim yutarkin!" – deb yozdi u.
Avvalroq Fox News telekompaniyasi vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil etgan demokratlar Trampning saylovoldi shtabi xodimlari Rossiya bilan til biriktirganligi bo‘yicha ayblovlar yuzasidan surishtiruv ishlarini qaytadan boshlashlari kutilayotganini va Tramp ma'muriyatining yuqori lavozimli amaldorlarini ko‘rsatma berish uchun chaqirishlarini qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Amerika maxsus xizmatlari 2016 yilgi AQSh prezidenti saylovlari jarayoniga Rossiya aralashganini bildirgan. Prezident Donald Tramp va uning yordamchilari bu ayblovni bir necha bor rad etishgan. Moskva ham mazkur ayblovlar asossiz ekanligini ta'kidlab keladi.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025