O‘zbekiston | 20:49 / 07.11.2018
35118
2 daqiqa o‘qiladi

Turizm qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Abdulaziz O‘rolboyevich Oqqulov O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.

Abdulaziz Oqqulov shu yilning 22 may kuni Turizm qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar etib tayinlangandi. 

U 2005 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 2007 yilda shu universitetda magistr darajasini olgan. Mutaxassisligi — xalqaro turizm bo‘yicha boshqaruvchi. U 2006 yildan buyon qo‘mitada faoliyat yurita boshlagan.

2017 yilning yanvaridan 2018 yil mayigacha Turizm sohasini rivojlantirishni tahlil qilish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyi oxirida Baxtiyor Nurutdinovich Umarov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisligidan ketgandi. U shu yilning may oyida lavozimga tayinlangandi.

Mavzuga oid