Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada KXShT sessiyasi ish boshladi
Ostona shahrida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz. Unda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov,Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi va KXShT bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Valeriy Semerikov ishtirok etmoqda.
KXShT saytida berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, kengash ishtirokchilari tashkilot faoliyati hamda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishadi.
Xabar qilinishicha, qator masalalar davlatlar rahbarlarining tor doiradagi muzokaralarida muhokama qilinadi. Ayrim masalalar esa tashqi ishlar va mudofaa vazirlari, xavfsizlik kengashlari kotiblari hamda tashkilot bosh kotibi vazifasini bajaruvchi ishtirokidagi plenar yig‘ilishda ko‘rib chiqiladi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy UshakovKXShT yetakchilari tor doirada tashkilotning yangi bosh kotibini saylash masalasini muhokama qilishlarini bildirgandi.
Shuningdek, Rossiya davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin O‘zbekiston Oliy Majlisi senati raisi Nig‘matillo Yo‘ldoshevga O‘zbekiston KXShT parlament assambleyasi yig‘ilishlarida kuzatuvchi davlat sifatida qatnashishi mumkinligi haqidagi taklif bilan chiqqani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:07 / 21.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Ukraina mojarosini diplomatiya va muzokaralar yo‘li bilan hal etishga chaqirdi
10:02 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni Qozog‘istonga tashrif buyuradi
18:50 / 05.04.2025
Foto: Samarqanddagi xalqaro tadbirlar qanday o‘tdi?
09:15 / 01.04.2025