Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida 26 noyabr kuni Quyi Chirchiq tumanida yashovchi U.T. “Isuzu” rusumli avtobusni “Toshkent-Termiz” yo‘lining 841-km.da haydab ketayotib, yo‘l sirpanchiq bo‘lganligi sabab boshqaruvni eplay olmagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgan.
Natijada avtobusdagi yo‘lovchilardan faqat bir fuqaro F.S. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
18:52 / 21.05.2025
Toshkent viloyatida uyida yo‘lbars boqib kelgan shaxs aniqlandi
20:24 / 20.05.2025