Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi bog‘chada yong‘in yuz berdi
Yong‘in Yakkasaroy tumanida qayd etilgan.
Poytaxt IIBB ma'lumotlariga ko‘ra, bugun, 27 noyabr kuni, soat taxminan 12:25da, 101 raqamiga Yakkasaroy tumanidagi Shoxjahon ko‘chasida joylashgan «Fortuna» xususiy bolalar bog‘chasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
«O‘t o‘chiruvchilarning jangovar raschyoti darhol voqea joyiga jo‘nab ketdi va soat 12:41da yong‘in butunlay bartaraf etildi. Yong‘in natijasida shiftning bir qismi (3 kvadrat metr) va xonalardan birining devorlari yonib ketgan», - deyiladi IIBB xabarida.
Ta'kidlanishicha, bolalar va bog‘cha xodimlaridan hech biri jabrlanmagan. Yong‘inning ehtimoliy sababi konditsioner simlaridagi qisqa tutashuv bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025