Sport | 23:35 / 30.11.2018
13760
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning top-5 ligalaridagi eng yomon darvozabon ma'lum bo‘ldi

Angliyaning The Guardian nashri Yevropaning top-5 ligalarida kamida 5ta o‘yinda maydonga tushgan darvozabonlarning statistikasini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, «Bavariya» posboni Manuel Noyyer o‘z darvozasi tomon yo‘llangan zarbalarning atigi 43,8% qaytargani ma'lum bo‘ldi. U o‘tkazib yuborgan gollaridan ham kamroq zarba qaytargan uch darvozabonning biri bo‘lib turibdi («Renn» posboni Tomash Kubek va «Nyurnberg» darvozaboni Fabian Bredlou bilan birga).

Eng yaxshi ko‘rsatkichni «PSJ» posboni Janluiji Buffon namoyish qilgan. U 90% zarbani qaytara olgan.

Mavzuga oid