Sport | 19:02 / 02.12.2018
5996
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» g‘alaba qozondi va turnir jadvalida yuqoriladi

Angliya chempionatining 14-turida «Chelsi» «Fulhem» ustidan g‘alabaga erishdi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 4-daqiqasidayoq Pedro Rodriges N'Golo Kantening uzatmasidan keyin hisobni ochdi. O‘yin oxirida Ruben Loftus-Chik Eden Azarning pasidan keyin ikkinchi golni urdi.

Bu Sarri jamoasining Premer-ligada oxirgi uch o‘yindagi ilk g‘alabasi bo‘ldi. 14 turdan keyin «Chelsi» ochkolari sonini 31taga yetkazgan va chempionat turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgan. «Fulhem» 8 ochko bilan 20-o‘rinda qolmoqda.

Keyini turda «Chelsi» «Vulverhempton» mehmoni bo‘ladi, «Fulhem» «Lester Siti»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 5 dekabrga belgilangan.

Angliya chempionati
14-tur
Chelsi – Fulhem 2:0

Gollar: 1:0 – 4 Pedro, 2:0 – 82 Loftus-Chik.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso (Dzappakosta, 78), Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Loftus-Chik, 67), Jorjino, Pedro, Kante, Azar, Jiru (Morata, 70).
Fulhem – Riko, Mouson, Odoi, Le Marshan, Chembers, Kerni (Kebano, 76), Seri, Sessenon (Kamara, 46), Yuxansen (Ayite, 46), Kristi, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Odoi (54), Aspilikueta (69), Morata (83).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid