Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada BMT kelishuviga qarshi bo‘lgan vazirlar iste'fosi qabul qilindi
Belgiyada migratsiya bo‘yicha kelishmovchiliklar sababli hukmron partiya parchalandi – hukumatning N-VA flamand partiyasidan a'zolari iste'foga ketdi. Vazirlar bosh vazir BMTning migratsiya haqidagi kelishuvini imzolamoqchiligiga norozilik bildirishgan.
Belgiya qiroli Filipp “Yangi flamand alyansi” (N-VA) millatchi partiyasidan hukumat koalitsiyasiga kirgan 3 vazir va 2 davlat kotibi ite'fosini ma'qulladi. Partiya a'zolari 8 dekabrda iste'foga chiqishlarini e'lon qilishgan. Shu tariqa hukmron partiya parchalanib ketgan. Qirol, shuningdek, iste'foga ketgan vazirlar o‘rniga ikki yangi vazirni tayinlagan.
Nozilikka Belgiya bosh vaziri Sharl Mishelning 10 dekabrda Marokashga tashrif buyurib, BMTning Butunjahon migratsiya paktini imzolashi sabab bo‘lgan. Bu hujjat bandlari N-VA partiyasi dasturidagi ko‘rsatmalarga zid keladi. Shu sababli ichki ishlar vaziri Yan Yambon, mudofaa vaziri Van Overtveldt, mudofaa vaziri Sander Loones hamda davlat kotiblari Teo Franken va Zuxal Demir iste'foga ketgan.
BMT migratsiya bo‘yicha kelishuvni 2018 yil fevralda ishlab chiqishni boshlagan. Marokashda uning imzolanishi marosimi bo‘lib o‘tadi. Hujjat xavfsiz, tartiblashgan va qoidalarga asoslangan migratsiya standartlarini belgilab berishi kerak. “Bizda migratsiya oqimlarini qabul qilish yoki rad etish borasida tanlov yo‘q. Ular mavjud va har yerda paydo bo‘laveradi. Gap ushbu fenomen uchun umumiy yechimni topish haqida bormoqda”, deb aytgandi BMT Bosh assambleyasi raisi Miroslav Laychak Nyu-Yorkdagi debatlarda.
AQSh prezidenti Donald Tramp paktning maqsadlari AQSh migratsiya qonunchiligiga mos kelmasligini vaj qilib, uning ishlab chiqilishida boshidan bosh tortgan.
Noyabrda esa uni Polsha, undan avvalroq esa Avstriya va Vengriya imzolashdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025