Jahon | 08:24 / 15.12.2018
11074
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Kosovoning qaroridan tashvishga tushib qoldi

Foto: TASS/ZUMA/Albin Lohr-Jones

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Kosovo Respublikasi hukumati tomonidan xavfsizlik kuchlarining roli va salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari qabul qilinganidan tashvishlanmoqda. Bu haqda Guterreshning matbuot xizmati xabar berdi.

«Bosh kotib shuni ta'kidlaydiki, Xavfsizlik kengashining 1244 (1999) rezolyutsiyasi xavfsizlik bo‘yicha xalqaro ishtirok uchun yagona huquqiy asosni ta'minlaydi. Bu Kosovo uchun kuchlar bo‘lib, ularga Kosovodagi xavfsiz muhitni ta'minlash mas'uliyati yuklatilgan», - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Guterresh tomonlarni «vazminlikni ko‘rsatish va keskinlikning oshishi hamda Belgrad va Prishtina o‘rtasida YeI ko‘magidagi muloqotning yanada yomonlashishiga olib keladigan harakatlardan tiyilishga» chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kosovo o‘z armiyasini tashkil etishi, NATO Prishtina va Belgradni ortiqcha harakatlardan tiyilishga chaqirgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid