Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT migratsiya haqidagi global kelishuvni qo‘llab-quvvatladi
BMT Bosh assambleyasi migratsiya haqidagi global kelishuvni qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani qabul qildi va uni Marokash kelishuvi deb atashga qaror qildi. Ushbu rezolyutsiyaga 152 ta davlat ovoz bergan, kelishuvga qo‘shilmagan davlatlar – AQSh, Vengriya, Isroil, Polsha va Chexiya unga qarshi chiqqan.
Bosh assambleya raisi Mariya Fernanda Espinosa hozirda muhojirlar muammolaridan odam savdogarlarigina foydalanayotgani, ayniqsa bu holat ayollar va bolalarga taalluqli. “O‘ylaymanki, kelishuv muhojirlarni himoya qilish barobarida ularni qabul qiluvchi davlatlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Majburiyatlarimizni aniq harakatlarga aylantirish vaqti keldi”, deb aytgan Espinosa.
Xavfsiz, tartibga solingan va nazorat qilinuvchi migratsiya bo‘yicha global kelishuv 10-11 dekabrda Marokashda o‘tgan BMT anjumanida ma'qullangan. Yuridik majburlovchi bo‘lmagan bu hujjat AQShdan tashqari, BMTga barcha a'zo davlatlar bilan muvofiqlashtirib olingan. Pakt migratsiya jarayonlarining salbiy omillarini minimallashtirish, muhojirlarni himoya qilish va integratsiya qilish masalalarini qamrab oladi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025