Light | 20:10 / 20.12.2018
74114
2 daqiqa o‘qiladi

Sut bilan birga iste'mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar ro‘yxati

Parhezshunoslar sut bilan qo‘shib iste'mol qilinganida organizm uchun xavfli oqibatlar keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi, deya xabar bermoqda Medikforum.

Xususan, qahva sut bilan qo‘shib ichilganida tetiklantiruvchi natija bermaydi. U sut oqsili ta'siri ostida neytrallashadi. Bunday ichimlikdan keyin aksincha uxlagingiz keladi.

Mutaxassislar ko‘k choy va sutning aralashmasini ham muvaffaqiyatsiz hisoblashadi. Bundan tashqari ko‘k choyni “muammoli” ichakli kishilarga ichish tavsiya etilmaydi. Sutning qo‘shilishi choyning antioksidant ta'sirini pasaytiradi, tomirlarni kengaytirib, qon bosimini o‘zgartiradi.

Dengiz mahsulotlari va sariyog‘ qo‘shilgan qaylali taomlar ko‘pchilik uchun mazali tuyuladi. Biroq bunday qo‘shilma oshqozon bilan bog‘liq muammolarning sababiga aylanishi mumkin. Organizmda oqsillar dozasi ortib ketishi yuz beradi, bu esa buyraklar faoliyatini murakkablashtiradi.

Pishloqli omlet ham eng yaxshi birikma emas. Sutning tuxum va pishloq bilan aralashmasi – “oqsilli zarba” bo‘lib, oshqozon hazm qilish tizimi undan keyin tiklanish uchun uzoq vaqt sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Sutni mevalar bilan birga iste'mol qilish ham xavfli. Mevalarni desert o‘rnida emas, har doim asosiy taomdan alohida yeyish kerak.

Sut ayrim sabzavotlar – bodring, pomidor, brokolli, qovoqcha, sabzi bilan ham “kelishmaydi”. Ulardan keyin ovqat hazm bo‘lish jarayoni buziladi, kuchli og‘riqlar paydo bo‘lishi ham mumkin.

Mavzuga oid