Sport | 22:20 / 22.12.2018
9599
4 daqiqa o‘qiladi

Angliyada sensatsiyalar kuni. «Chelsi»da ham mag‘lubiyat

Angliya chempionatining 18-turida «Chelsi» «Lester Siti»ga yutqazdi. Londondagi «Stemford Brij» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida Jyeymi Vardi tomonidan urildi, unga Jyeyms Meddison assistentlik qildi.

Bu «Chelsi» uchun mavsumdagi uchinchi, uy uchrashuvlaridagi birinchi mag‘lubiyat bo‘ldi.

Bu mag‘lubiyatga qaramasdan «Chelsi» (37 ochko) Premer-ligada to‘rtinchi o‘rinni saqlab qolgan. Bugun o‘z uchrashuvida g‘alaba qozongan «Arsenal»da ham 37 ochko bor, ammo Unai Emeri shogirdlari to‘plar nisbatiga ko‘ra quyiroqda joylashgan. «Lester Siti» esa ochkolari sonini 25taga yetkazgan va turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘ringa ko‘tarilgan. 

Keyingi turda «Chelsi» «Uotford» mehmoni bo‘ladi. «Lester Siti» «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Ikki o‘yin ham 26 dekabr kuniga belgilangan.

18-tur doirasidagi boshqa uchrashuvlarda «Brayton» «Bornmut»ga, «Vest Hem» esa «Uotford»ga bir xil hisoblarda (0:2) yutqazdi, «Nyukasl Yunayted» «Fulhem» bilan durang o‘ynadi (0:0), «Sauthempton» safarda «Haddersfild Taun»dan ustun keldi (3:1).

Angliya chempionati
18-tur
Chelsi – Lester 0:1
(0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 51 Vardi.
Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Azar, Kante, Pedro, Kovachich (Loftus-Chik, 61), Villian (Jiru, 61), Jorjino (Fabregas, 75).
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Ndidi, Mendi, Olbrayton, Chouduri, Meddison (Grey, 82), Vardi (Ixeanacho, 84).
Ogohlantirishlar: Ndidi (31), Mendi (81).

Haddersfild – Sauthempton 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 15 Redmond, 0:2 – 42, penalti Ingz, 1:2 – 58 Billing, 1:3 – 71 Obafemi.
Haddersfild – Lessl, Xaderdjonay, Kongolo, Yorgensen, Leve (Durm, 46), Bakuna (Kachunga, 65), Billing, Mbenza (Kvaner, 81), Pritchard, Shindler, Mune.
Sauthempton – Makkarti, Valeri (Stivens, 79), Bednarek, Vestergor, Targett, Redmond, Romeu, Armstrong (Lemina, 69), Xeyberg, Yosida, Ingz (Obafemi, 65).
Ogohlantirishlar: Leve (11), Valeri (52), Yorgensen (63), Stivens (84), Xeyberg (86).

Bornmut – Brayton 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 21 Bruks, 2:0 – 77 Bruks.
Bornmut – Begovich, Frensis, Kuk, Deniels, Ake, Lerma, Stanislas (Freyzer, 65), Bruks (Ayb, 90), Serman, King (Musse, 86), Uilson.
Brayton – Rayan, Dank, Bernardo, Montoyya, Balogun, Bissuma, Propper, Gross (Bong, 76), March, Lokadiya (Knokert, 70), Andone (Myurrey, 80).
Ogohlantirishlar: Lerma (31), Bruks (43), Dank (62).
Chetlatish: Dank (73).

Vest Hem – Uotford 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 30, penalti Dini, 0:2 – 87 Deulofeu.
Vest Xem – Fabianski, Diop, Balbuena (Ogbonna, 34), Masuaku, Rays, Antonio, Nobl (Kerroll, 56), Felipe Anderson, Snodgrass, Sabaleta, Ernandes (Diangana, 75).
Uotford – Foster, Kabasele, Xolebas, Femeniya, Ketkart, Kapu, Dukure, Pereyra, Sema (Kleverli, 75), Deulofeu (Mariappa, 90), Dini (Saksess, 86).
Ogohlantirishlar: Balbuena (27), Kabasele (55), Xolebas (60), Antonio (69), Diop (90).

Nyukasl – Fulhem 0:0 (0:0, 0:0)
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Mankilo (Yyedlin, 84), Sher, Ritchi, Diame, Ki Son Yen, Atsu (Kenedi, 72), Peres, Rondon.
Fulhem – Riko, Odoi, Mouson, Rim, Chembers, Shyurrle (Kamara, 76), Seri, Kristi, Kerni (Ayite, 82), Brayyen, Mitrovich.
Ogohlantirishlar: Kamara (84), Seri (87), Kenedi (89).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid