Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi yettinchi jangini yanvar oyida o‘tkazadi
Riodagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschi Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi yettinchi jangini yanvar oyida o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Fazliddin 18 yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi.
Ma'lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov joriy yilning 21 oktabr kuni amerikalik Uilbert Lopesni nokautga uchratgandi.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025