Sport | 14:21 / 26.12.2018
7873
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda Neymarning narxi tushadi

Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Neymar 2020 yili fransuzlar klubini tark etishi mumkin.

AS nashri xabariga ko‘ra, o‘shanda braziliyalik futbolchining shartnomasidagi bir punkt amalga kiradi va uning tovon puli 160 million yevroga teng bo‘ladi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, bu vaziyatdan «Barselona» foydalanishi mumkin. Futbolchi ham sobiq klubiga qaytishni istaydi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2017 yili «Barselona»dan 222 million yevro evaziga Parij klubiga transfer bo‘lgandi. Ispan nashrlariga ko‘ra futbolchi Fransiyada zerikmoqda va Ispaniyaga qaytishni istamoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid