Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buvayda “Mega park”ida vodiydagi eng baland charxpalak attraksioni ish boshladi
Yurtda bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanining markazi Yangiqo‘rg‘on shaharchasidagi “MEGA PARK” madaniyat va istirohat bog‘i aholi bilan gavjum.


“MEGA PARK”da kuni kecha vodiyda eng baland bo‘lgan charxpalak attraksioni qurib bitkazilib, istirohat bog‘iga tashrif buyurgan mehmonlar uchun xizmat ko‘rsata boshladi.



“Xitoy davlatidan keltirilib, mutaxassislar tomonidan qurib bitkazilgan charxpalak attraksionning balandligi 52 metrni tashkil etib, vodiyda eng katta va balandi hisoblanadi. Toshkentda “Lokomotiv” bog‘idagina bizning qurilmamizdan “bo‘ydor” charxpalak mavjud”, deydi “MEGA PARK” rahbari Muydinjon G‘afurov.
52 metrlik mahobatli charxpalak so‘nggi texnologiya yutuqlari asosida qurilgan bo‘lib, juda chiroyli va ko‘rkam. Oqshom payti undagi turli ranglardan tashkil topgan chiroqlar yonib, istirohat bog‘iga yanada chiroy qo‘shib turibdi.


Elmurod Ermatov, Farg‘ona
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
14:25 / 05.03.2021
Buvaydadagi qotillik: oiladagi notinchlik kuyov qaynotani o‘ldirishiga olib keldi
12:02 / 05.08.2020
Farg‘onada o‘g‘it olmoqchi fuqaroni 25 000 dollarga «uxlatishdi»
16:07 / 02.09.2019
Farg‘onadagi to‘yxonada yuz bergan janjal pichoqbozlik bilan tugadi
09:55 / 04.05.2019