Sport | 22:27 / 01.01.2019
10200
2 daqiqa o‘qiladi

APL. «Arsenal» yilni yirik g‘alaba bilan boshladi

Angliya Premer-Ligasida 21-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.  

«Arsenal» o‘z maydonida autsayder «Fulhem»ni qabul qildi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlarning gollari Chaka, Lyakazett, Remzi va Obameyang hisobiga yozildi. Mehmonlar tarkibida Kamara javob to‘pini kiritdi.

Bu natijadan so‘ng, «Arsenal» 41 ochko bilan 5-o‘rinda, «Fulhem» esa 14 ochko bilan 19-o‘rinda bormoqda.  

APL, 21-tur
Arsenal – Fulhem 4:1
1 yanvar «Emireyts» stadioni
Gollar: 1:0 – 25 Chaka, 2:0 – 55 Lyakazett, 2:1 – 69 Kamara, 3:1 – 79 Remzi, 4:1 – 83 Obameyang. 
Arsenal – Leno, Koselni, Mustafi (Torreyra, 46), Kolashinats, Papastatopulos, Genduzi, Meytlend-Naylz, Chaka, Ivobi (Saka, 83), Obameyang, Lyakazett (Remzi, 75).
Fulhem – Riko, Le Marshan, Rim, Brayyen, Odoi, Shyurrle (Kamara, 61), Kerni, Sessenon, Sisse (Seri, 61), Kristi (Fosu-Mensa, 56), Mitrovich.
Ogohlantirish: Fosu-Mensa (77).

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid