Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuper mashg‘ulotda gol ura olmagan futbolchilarga jazo tayinladi (foto)
3 yanvar kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi oldidan BAAdagi ikkinchi kun mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

O‘FA matbuot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, mashg‘ulot ancha jiddiy tarzda o‘tgan. «Mister» (bosh murabbiy Ektor Kuperni shunday chaqirishadi) futbolchilarga darvozaga zarba yo‘llashni mashq qildirgan
«Zarbalari golga aylanmagan futbolchilarga esa jazo tayinladi: 25tadan «otjimaniya» qilish. Qaysi futbolchilar bunday «jazo»ga loyiq topilganini esa aytib o‘tirmayman. Bu jamoaning ichki siri bo‘lib qola qolsin», – deb yozadi O‘FA matbuot kotibi.

Xabarda aytilishicha, mashg‘ulot vaqtida maydon ishchilaridan biri Ektor Kuperni tanib qolgan va kotib bilan uning o‘rtasida quyidagicha suhbat kechgan:
– Kuper?! Terma jamoangiz bosh murabbiyi Ektor Kupermi?
– Ha, shunday.
– Kuper. Saloh. Misr.
«Hozircha, Kuper deganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga Muhammad Saloh va Misr terma jamoasi keladi. Nasib qilsa, milliy terma jamoamiz Osiyo Kubogida chiroyli o‘yinlar namoyish qilib, yaxshi natijalar qayd etadigan bo‘lsa, bu iboralar «Kuper. Odil. O‘zbekiston!»ga o‘zgarishi aniq», deya xulosa qiladi O‘FA matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, kecha mashg‘ulotlar oldidan terma jamoa joylashgan mehmonxonada OFK vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.
Osiyo Kubogi ertaga, 5 yanvar kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan BAA–Bahrayn uchrashuvi bilan boshlanadi. Bu safargi turnirda ilk marotaba 24ta terma jamoa qatnashadi. O‘zbekiston «F» guruhidan o‘rin olgan va ilk o‘yinini 9 yanvarda Ummon termasiga qarshi o‘tkazadi. Keyingi turlarda Turkmaniston (13 yanvar) va Yaponiyaga (17 yanvar) qarshi bahslar bo‘lib o‘tadi.
Quyida 3 yanvar kungi mashg‘ulotlardan lavhalar keltirib o‘tiladi.













Mavzuga oid
23:40 / 20.04.2025
Osiyo Kubogi U-17. Turnirining eng yaxshilari aniqlandi
01:32 / 07.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi muddatidan oldin Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
22:07 / 06.04.2025
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Xitoy bilan o‘yinda kambek qildi
09:37 / 04.04.2025